Navoiy davlat universiteti Tabiiy fanlar va tibbiyot fakultetini 2024/2025 o‘quv yili kunduzgi ta’lim shaklida 361 nafar, sirtqi va ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha 264 nafar yosh mutaxassislar tamomlamoqda. Bitiruvchi bosqich talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish jarayonlari samarali va shaffof o‘tkazilayapti.
Universitet Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari diplom himoyalarini nazorat qilib bormoqda.