backgroundshape
nsuni.uz
||
Pattern Background

Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti jamoasi bilan ochiq muloqot

Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti jamoasi bilan ochiq muloqot
Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti jamoasi bilan ochiq muloqot
  • Chop etilgan sana
    30-05-2025
  • ko'rilgan
    29
  • ulashish

Bugungi kunda ta’lim sifati va mazmunini yanada oshirish, talabalar uchun samarali ma’naviy muhit yaratish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlikni shakllantirish, yoshlar ongida vatanparvarlik va shukronalik tuyg‘ularini mustahkamlash, ilmiy faollikni rag‘batlantirish barcha ta’lim muassasalari oldida turgan ustuvor vazifalardan sanaladi.


Ayni shu maqsadda Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov, rektor maslahatchisi Bahodir Abdullauev, birinchi prorektor Bahtiyor Bobonazarov va tegishli bo‘lim boshliqlari ishtirokida Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilari, tyutorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. 


Uchrashuvda ta’lim jarayonining tashkiliy-uslubiy jihatlari, talabalar bilan ishlash, ularni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, korrupsiyaga qarshi kurashda jamoaviy va shaxsiy mas’uliyat, ilmiy faollikni kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Rahbarlar o‘z so‘zlarida professor-o‘qituvchilarni bilim sifati, talabalar tarbiyasi, ularda shukronalik va vatanparvarlik tuyg‘ularini qaror toptirish, ma’naviy muhit ijobiyligini barqarorlashtirish, shuningdek, turli huquqbuzarlik holatlari va jinoyatlarni oldini olish, korrupsiyaga qo‘l urmaslik kabi dolzarb fikrlar, tavsiyalar va maslahatlar berildi.  


Shuningdek, ilm-fan sohasida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqola va tadqiqotlarini xalqaro darajada nashr etish, olimlarni rag‘batlantirish masalalari ham ta’kidlab o‘tildi. 

Uchrashuv yakunida fikr almashinuv va ochiq muloqot tarzda fikrlar tinglandi, taklif va tavsiyalar qayd etildi. Bunday samarali muloqotlar universitetning boshqa fakultetlarida davom ettiriladi.

ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *
nsu.uz

Aloqa

  • info@nspi.uz
  • +998792251900
  • Navoiy shahri, Ibn Sino 45

Tashrif buyuruvchilar soni

  • Bugun
  • 64
  • Oy
  • 1297
  • Yil
  • 3211
  • Jami
  • 3631
© NSUNI.uz 2024-2025, ishlab chiqaruvchi: Codevision