Navoiy davlat universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi, Magistratura bo‘limi tashabbusi bilan “Farovon oila sari “ shiori ostida “Ilmga baxshida umr” mavzuida olima ayollar va magistrlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Professor-o‘qituvchilar, magistrlar, mehnat fidoyilari, ziyoli ayollar jamul-jam bo‘lgan tadbirda Navoiy viloyat hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i Malika Mamadiyorova ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.
Suhbat davomida oilaviy munosabatlarda ilmning o‘rni, halol mehnat orqali farovon turmushga erishish, oilada o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va mas’uliyat hissi kabi qadriyatlarning ahamiyati haqida fikrlar almashildi. Shuningdek, yosh avlodni oilaviy va mehnat qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, ularni mas’uliyatli, bilimli va vatanparvar insonlar qilib kamol toptirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Davra suhbati ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.