backgroundshape
nsuni.uz
||
Pattern Background

Hurmatli maktab bitiruvchilari!

Hurmatli maktab bitiruvchilari!
Image placeholder
  • Chop etilgan sana
    24-05-2025
  • ko'rilgan
    39
  • ulashish

Sizlarni 25-may — So‘nggi qo‘ng‘iroq bayrami bilan Navoiy davlat universiteti nomidan chin qalbimdan tabriklayman!

Bu unutilmas kun sizlarning hayotingizdagi muhim bosqichlardan birining yakuniga yetganidan, yangi ufqlarga yuz tutayotganingizdan darak beradi. Maktab yillari — bilim va tarbiya, do‘stlik va orzu-umidlar, ilk yutuqlar va tajribalar yillari bo‘lib, har biringiz uchun muqaddas va yodda qoladigan davrdir. Bugun maktab bilan vidolashayotgan siz aziz yoshlar, ertangi taraqqiy etgan O‘zbekistonning hal qiluvchi kuchisiz!

Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari aynan siz kabi intiluvchan, bilimli, tashabbuskor va vatanparvar yoshlar bilan amalga oshadi. Kelajakka dadil qadam qo‘yish, yuksak marralarni zabt etish yo‘lida sizlarga mustahkam iroda, sabr, bardavom izlanishlar va yorqin g‘alabalarni tilayman.

Hurmatli ota-onalar, aziz ustozlar! Sizlarni ham ushbu quvonchli kun bilan tabriklayman. Farzandlaringizning ilk yutuqlarida sizning mehringiz, fidoyiligingiz, tinimsiz mehnatingiz mujassam. Sizlarning sabru toqatingiz va rahbarligingiz orqali jamiyatimizning munosib kelajagi – bugungi bitiruvchilar tarbiya topmoqda.

Aziz bitiruvchilar!

Kelajak sari bosqichma-bosqich dadil yurib, har qanday to‘siqlarni yengib o‘tishingizga ishonaman. Ilm izlab, yurtga xizmat qilish yo‘lida sizlarni Navoiy davlat universiteti kabi zamonaviy oliy ta’lim dargohlari kutmoqda. Sizni orzular sari yetaklaydigan bu yo‘lda omad doimiy hamrohingiz bo‘lsin!

Yana bir bor sizlarni ushbu quvonchli kun bilan tabriklayman. Yangi bosqichda hamisha omad, sog‘lik-salomatlik, kuch-g‘ayrat va ilhom sizga yor bo‘lsin!


Hurmat bilan,

Muxiddin Kalonov

Iqtisodiyot fanlari doktori, professor,

Navoiy davlat universiteti rektori.

ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *
nsu.uz

Aloqa

  • info@nspi.uz
  • +998792251900
  • Navoiy shahri, Ibn Sino 45

Tashrif buyuruvchilar soni

  • Bugun
  • 73
  • Oy
  • 1306
  • Yil
  • 3220
  • Jami
  • 3640
© NSUNI.uz 2024-2025, ishlab chiqaruvchi: Codevision