Talabalar bilimini adolatli baholash, imtihon jarayonlarining shaffof, korrupsiyadan holi tarzda amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida Navoiy davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan Aniq fanlar fakulteti bo‘lib o‘tgan yakuniy imtihon jarayonlari kuzatildi.
Shuningdek, fakultet mas'ullari yana bir bor ta’magirlik, korrupsion holatlar, baho qo‘yib berish evaziga “xizmat aytish” va shu kabi boshqa qonun buzilishi holatlariga yo'l qo'ymasliklari, o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarishi lozimligi tushuntirildi.