2025-yil 19-iyun kuni Navoi davlat universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi va psixologlar hamkorligida Tarix fakultetida "Biz tazyiq va zo‘ravonlikka qarshimiz" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirni universitetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N. Tursunova xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish haqida tòxtalib òtdi.
Universitet xotin-qizlar ishlari bòyicha psixolog F.Boboyeva tazyiq va zo‘ravonlikning turlari, ularning oqibatlari hamda oldini olish usullari haqida batavsil ma'lumot berdi.
Tarix fakulteti xotin-qizlar masalasi bo'yicha dekan maslahatchisi G.M.Sultonova ta’lim muassasalarida zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirdi. Tadbirda xotin-qizlarning huquqiy, psixologik va ijtimoiy himoyasi hamda jamiyatda teng imkoniyatlar yaratish yo‘nalishida muhim ahamiyat kasb etadi.