Buxoro zaminida Naqshbandiya tariqatining yetti buyuk so‘fiy murshidlari dafn etilgan. Bugungi kunda bu yerga butun dunyodan minglab ziyoratchilar va tadqiqotchilar so‘fiylik ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurishmoqda. NavDU Xotin- qizlar maslahat kengashi tashabbusi, Kasaba uyushmasi tomonidan 15-May xalqaro Oila kuni munosabati bilan Buxoro zaminiga sayohat tashkil etildi. Sayohatda muqaddas qadamjolar A.G'ijduvoniydan B.Naqshbandiy ziyoratgohlariga borildi. Ziyoratchilar Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshbandiyning ruhiga bag‘ishlab duo qildilar. Buxoroning yetti piri ziyorati – bu nafaqat muqaddas joylarga tashrif, balki chuqur ma’naviy tajriba ham. Har bir maqbara Yer va Osmon o‘rtasidagi bog‘lanish ramzi bo‘lib, ishonch, mehnat va ma’naviy rivojlanish kabi abadiy qadriyatlarni yodga soladi.