Navoiy davlat pedagogika institutining yangi rektori jamoaga tanishtirildi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Navoiy davlat pedagogika institutida boʻlib, hukumat qaroriga muvofiq rektor lavozimiga yangi tayinlangan Muhiddin Kalonovni institut jamoasiga tanishtirdi. Shuningdek, institut rektori sifatida ishlab kelgan Bahodir Sobirovni boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan kuzatish marosimida qatnashdi. Institutda amalga oshiriladigan ishlar, xususan, yangi barpo etiladigan kampus loyihasi haqida taqdimot qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/14787