Vatandoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirish, yoshlarda tarixiy xotira va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, “9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Navoiy davlat universiteti Tarix fakulteti tyutorlari boshchiligida talabalar Karmana tumanidagi “Motamsaro ona” siymosi aks ettirilgan yodgorlik majmuasiga borishdi.Maydon markazida o‘rnatilgan “Motamsaro ona” haykali va mangu alanga yoshlarni chuqur tafakkurga undadi.
Germaniyada harbiy xizmatni o‘tagan faxriy bilan bo‘lgan suhbatda talabalar urush yillaridagi jasoratli voqealar haqida qiziqarli ma’lumotga ega bo‘lishdi.