backgroundshape
nsuni.uz
||
Pattern Background

“Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz!”

Ekofaol talabalar

Ekofaol talabalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 30 dekabrdagi PF 46-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O'zbekiston ekologik partiyasi Navoiy viloyati Kengashi, Tabiat resusrlari vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasi, Navoiy viloyati Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi, hamda NDPI va NDKTU oliy ta'lim muassasalari faollari ishtirokida  “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz!” shiori ostida Navbahor tuman “Sarmishsoy” dam olish maskani atrofida chiqindilar yig‘ish marafoni (ploggin) tashkil etildi. 

Ushbu marafonda ishtirokchilar  20 ta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etdi. Tadbir yakunida jamoalarga tadbir tashkilotchilarining esdalik sovg‘alari topshirildi.




Ekologik madaniyat – har bir fuqaroning kundalik hayot tarzi bo‘lishi kerak.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi hamda O‘ZNNTMA viloyat hududiy bo‘linmasi hamkorligida Navoiy davlat universiteti Tarix fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi”ning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka, xususan, yoshlar orasida targ‘ib qilish maqsadida davra suhbati o’tkazildi.




“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ekologik mavzudagi davra suhbati.

2025-yil 18-iyun kuni Navoiy davlat universiteti Tarix fakultetida “Dolzarb-90 kun” loyihasi doirasida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi hamda NNT tashkiloti hamkorligida talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur suhbatda ekologik madaniyat, atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni saralash, suv va havo resurslaridan oqilona foydalanish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan tabiatni asrash – har bir fuqarolik burchi ekani, bu borada yoshlarda mas’uliyatni oshirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilishdi, ekologik muammolar bo‘yicha amaliy takliflar va fikrlar bildirishdi. Shuningdek, ushbu tadbir orqali talabalar orasida ekologik ongni shakllantirish, tabiatga mehr bilan qarash, ijtimoiy faollikni oshirish maqsad qilinganligi qayd etildi.


nsu.uz

Aloqa

  • info@nspi.uz
  • +998792251900
  • Navoiy shahri, Ibn Sino 45

Tashrif buyuruvchilar soni

  • Bugun
  • 51
  • Oy
  • 1284
  • Yil
  • 3198
  • Jami
  • 3618
© NSUNI.uz 2024-2025, ishlab chiqaruvchi: Codevision