backgroundshape
nsuni.uz
||
Pattern Background

Huquqiy bilimni yuksaltirishga qaratilgan targ’ibot tadbiri o‘tkazildi

Huquqiy bilimni yuksaltirishga qaratilgan targ’ibot tadbiri o‘tkazildi
Huquqiy bilimni yuksaltirishga qaratilgan targ’ibot tadbiri o‘tkazildi
  • Chop etilgan sana
    16-05-2025
  • ko'rilgan
    30
  • ulashish

Navoiy davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi, viloyat IIB, Adliya boshqarmasi hamkorligida navbatdagi huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi. 

Universitet jamoasi va talabalari qatnashgan profilaktik davra suhbatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son Farmoni hamda “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-son Qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so‘z yuritildi. 

 Joriy yilning 5-mart kuni o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun maxsus bepul kurslar orqali universitetning barcha talabalarini o‘qitish masalasi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, mas’ullar tomonidan korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va mazkur sohada yoshlarning huquqiy ongini o‘stirish nechog‘li muhimligi borasida fikr-mulohazalar bildirildi.



ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *ENG YAXSHI PEDAGOGIKA INSTITUTI *
nsu.uz

Aloqa

  • info@nspi.uz
  • +998792251900
  • Navoiy shahri, Ibn Sino 45

Tashrif buyuruvchilar soni

  • Bugun
  • 93
  • Oy
  • 1326
  • Yil
  • 3240
  • Jami
  • 3660
© NSUNI.uz 2024-2025, ishlab chiqaruvchi: Codevision