“Yashil makon” loyihasi doirasida Karmana tumanida 3 ming tup koʻchat ekildi
1-aprel kuni Navoiy davlat universiteti tomonidan Karmana tumanida “Yashil makon” loyihasi doirasida keng koʻlamli koʻchat ekish tadbiri tashkil etildi. Mazkur tashabbus mamlakatimizda ekologik muhitni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish hamda aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan.
Tadbirda Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov hamda universitetning koʻplab professor-oʻqituvchilari, ko‘ngilli yoshlar va ekologiya faollari ishtirok etishdi. Ular birgalikda minglab nihollarni yerga qadab, yashil hududlarni kengaytirish yoʻlida oʻz hissalarini qoʻshdilar.
“Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar kelgusida ham davom etib, mamlakatimizni yanada koʻkalamzor va ekologik toza hududga aylantirishga xizmat qiladi.