O‘zbekiston xalq shoiri, “El-yurt hurmati” ordeni sohibasi Halima Xudoyberdiyeva ijodiga bag'ishlab ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda NavDU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Tursunova va Aniq fanlar fakulteti dekan maslahatchisi D.Jumayeva hamda Qizlarjon klubining ijodkorlari ishtirok etdi. Tadbir avvalida shoiraning hayoti va ijodi, uning o‘zbek she’riyati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi tilga olindi, muhlislari qalbidan o'rin olgan she'rlaridan parchalar o'qib eshittirildi. Navoiy tog'- kon metallurgiyaga qarashli myzey rahbari shoira Aqchagul Ayubovna shoira faoliyatiga, ijodiga alohida to'xtalib o'tdi.
Halima Xudoyberdiyeva ijodida sadoqat, hayotda yonib yashash, sinovlarda sobitqadamlik, jo‘shqinlik, hayotni sevish, ulkan marralar sari olg‘a qadam tashlash tuyg‘ulari aks etishi yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.